[Kirish]

Shaxsiy kompyuterning foydalanuvchi uchun qulay va samarador bo’lishi unda qanday dasturiy ta‘minoti mavjudligi bilan aniqlanadi. Lekin dasturiy ta‘minotning qanday turlari foydalanuvchi uchun zarur bo’lishi uning qaysi soxada faoliyat ko’rsatishi bilan aniqlanadi. Shaxsiy kompyuterning dasturiy ta‘minoti xususiy EHMlarni qo’llash samaradorligini oshirish, undan foydalanishni osonlashtirish va foydalanuvchilar dasturlarini tayyorlashning mehnat sarfini kamaytirishi uchun mo’ljallangan dasturlar sistemasidan iborat.

Shaxsiy kompyuter dasturlar ta‘minotining to’plami quyidagi guruxlarga ajraladi:

1. Tizimli dasturlar

2. Amaliy dasturlar

3. Dasturlashtirish muhiti

Kompyuterda har xil turdagi ma‘lumotlar saqlanadi. Ular bilan ishlash uchun biz har xil maxsus dasturlar bilan foydalanishimiz zarur, chunki kompyuter o’zi hech qanaqa harakatlar bajarmaydi u faqat bizning buyruqlarimizni va ko’rsatmalarimizni bajaradi. Buyruqlar va ko’rsatmalar ketma-ketligi esa dastur deb nomlanadi . Dasturlar 3 turga bo’linadi:

1) Tizimli dasturlar. Tizimli dasturlar bu kompyuter ishini boshqaruvchi va har xil yordamchi amallarni bajaruvchi dasturlar.

Masalan: fayllar ustidan har xil amallar bajarish (qayta nomlash, yaratish, uo’chirish, nusxasini olish, xajmini o’zgartirish), diksni tozalash va tekshirish, kompyuterni sozlash ( tashqi qurilmalar ishini boshqarish). Tizimli dasturlar ichida 4 dasturlar guruhlari ajratilib turadi. Bo’lar: operatsion tizimlar (tizimlar), utilita dasturlar, drayver dasturlar va qobiq dasturlar.

       2) Amaliy dasturlar. Amaliy dasturlar bu ma‘lumotlar bilan ish jarayonida foydalanadigan dasturlar.

       Masalan: matn ma‘lumotlarni yaratish va taxrirlash, rasm va tasvir ma‘lumotlarni yaratish yoki o’zgartirish, malumotlar ombori bilan ishlash, musiqa va video ma‘lumotlarni ko’rib chiqish va taxrirlash.

       Amaliy dasturlar foydalangan ma‘lumotlar turiga ko’ra guruhlanadi: matn muharrirlari (Word, Lexicon, WD, Notepad, Write va xokazo), rasm va tasvir muharirlari, rasm va tasvirlarni ko’rsatuvchi dasturlar (Corel, Adobe Photoshop, Imaging, ACDSee, Paint vaxokazo), musiqa va video muharrirlari, musiqa va video ko’rsatuvchi dasturlar (Adobe Premier, Winamp, universal proigrovatel va xokazo), jadvallar muharriri (Lotus, Excel va xokazo), ma‘lumotlar ombori bilan ishlovchi dasturlar (Access, Dbase, FoxPro va xokazo), o’yin dasturlari, o’rgatuvchi dasturlar, bugalteriya va moliya dasturlar, va boshqalar.

       3) Dasturlashtirish muhiti (yoki instrumental dasturlar). Instumental dasturlar bu yangi dasturlar yaratuvchi dasturlar tizimlari.

Instrumental dasturlaga maxsus dasturlash tillari bilan ishlaydigan dasturlar tizimlari kiradi. Ular dasturlash tiliga ko’ra farqlanadi: S, Basic, C++, Delphi, va boshqalar. Bu dasturlar tizimlar o’ziga bir nechta dasturni jamlagan bo’lib bo’lar: dasturlash tili muharriri, translyator, komplyator va boshqa yordamchi dasturlar.

       Har bitta dastur o’zining nomeriga ega. Bu nomer versiya deb nomlanadi. Versiyalar asosan raqamlar bilan quyiladi va oxirgi paytlarda, dastur chiqqan yili bo’yicha quyiladi. Masalan Windows 95,  Windows 98,  Windows 2000. Har bitta yangi versiyali dastur, oldingi versiyalardan qulayliklar va imkoniyatlari ko’p bo’lgani bilan yoki kompyuterga talablari o’zgargani bilan farqlanadi. 

1. ABBYY Screenshot Reader Portable    18.1 MB

2. ACDSee.Ultimate.v8.2.406    46.7 MB

3. Adobe Flash Player 18.0.0.209_chrom    18.3 MB

4. Adobe Flash Player 18.0.0.209_ff    17.6 MB

5. AdobeAIRInstaller    16.9 MB

6. Adobe-Reader-XI-11.0.0    72.5 MB

7. DirectX    96.6 MB

8. Java    127 MB

9. K-Lite Mega Codec Pack 11.2.0_2    38.8 MB

10. Nero Mini 10.2    48.3 MB

11. Shockwav    12.6 MB

12. Silverlight x86-x64    19.1 MB

13. Winamp.v5.666.3516    16.3 MB

14. WinDjView   8.42 MB

15. Xilisoft DVD Ripper Ultimate v7.8.5 Build-20141031 Final Ml_Rus    35.6 MB
Manba:
Kiritilgan vaqt: 22.09.2015
Xato ko‘rsangiz belgilang va Ctrl+Enter ni bosing.