[Kirish]

   Multimedia umumta'lim dasturlarini rivojlantirish markaziga “Markaziy Osiyo davlatlarining ta'lim tizimida axborot va kommunikatsiya texnologiyalarining qo‘llanilishi” mavzusida UNESCO tomonidan o‘tkazilgan simpozium ishtirokchilari 2014 yil 29 may kuni tashrif buyurishdi.
    Tashrif davomida mehmonlar Markaz faoliyati bilan yaqindan tanishib, Xalq ta'limi tizimida faoliyat olib borayotgan ta'lim muassasalarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari orqali ta'lim-tarbiya berishga keng imkoniyatlar va sharoitlar yaratilganligini ta'kidlashdi. 

    Shu bilan birgalikda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 10 dekabrdagi “Chet tillarni o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-1875-son qarori ijrosi bo‘yicha yaratilayotgan ta'lim resurslari katta qiziqish uyg‘otdi.
   Tashrif davomida hamkorlik muzokaralari ham o‘tkazildi va uchrashuvda xorijiy mehmonlar bilan Xalq ta'limi tizimida axborot- kommunikatsiya texnologiyalarini yanada keng joriy etishda hamkorlik qilish bo‘yicha taklif va mulohazalar bildirildi.

              


Manba:
Kiritilgan vaqt: 17.05.2014
Xato ko‘rsangiz belgilang va Ctrl+Enter ni bosing.