[Kirish]




     Xalq ta'limi vazirligining 2014 yil 1 apreldagi 94-sonli buyrug‘iga asosan “Xalq ta'limi tizimidagi eng yaxshi veb-saytlar – 2014” ko‘rik-tanlovi boshlandi.
    Ko‘rik-tanlovda qatnashish uchun talabnomalar 2014 yilning 20 aprelidan 20 mayiga qadar tanlov.uzedu.uz sayti orqali qabul qilinadi va ro‘yxatga olinadi. Talabnomalarni saytga kiritish uchun xt.uzedu.uz tizimi orqali autentifikatsiyadan o‘tishi lozim. 
     Ko‘rik-tanlovni o‘tkazish tartibi:
     Ko‘rik-tanlovda barcha UZ domen zonasida ro‘yxatdan o‘tgan, veb-sayt xostingi O‘zbekistonda bo‘lgan;
umumiy o‘rta ta'lim, bolalar musiqa va san'at, bolalar va o‘smirlar sport maktablari;
     xalq ta'limi tizimidagi ta'lim muassasalari o‘qituvchilari;
     tarbiyachilari (pedagoglar, trenerlar, musiqachilar, rassomlar, uslubchilar) va o‘quvchilari o‘z saytlari bilan ishtirok etishlari mumkin.

     Ko‘rik-tanlov g‘oliblari va sovrindorlari quyidagi uchta nominatsiya bo‘yicha qimmatbaho sovg‘alar va diplomlar bilan taqdirlanadilar:
    1-nominatsiya – eng yaxshi ta'lim muassasasi veb-sayti;
    2-nominatsiya – eng yaxshi o‘qituvchi veb-sayti;
    3-nominatsiya – eng yaxshi o‘quvchi veb-sayti.

    Xohish bildirgan muassasa va tashkilotlar ko‘rik-tanlovning hamkorlari bo‘lishlari va qo‘shimcha nominatsiyalar ta'sis etishlari mumkin. Tanlovni tashkil etishga doir qo‘shimcha ma'lumotlar uchun Tashkiliy qo‘mitaga (8-371-239-88-52) va Multimedia umumta'lim dasturlarini rivojlantirish markaziga (8-371-202-13-93 ichki raqamlar: 602, 606, 201) murojaat etishingiz mumkin.

Manba:
Kiritilgan vaqt: 17.05.2014
Xato ko‘rsangiz belgilang va Ctrl+Enter ni bosing.