[Kirish]

    Umumta'lim muassasalari o'qituvchi va o'quvchilari o'rtasida “Eng yaxshi elektron axborot-ta'lim resurslari – 2014” ko'rik-tanlovining respublika bosqichi Samarqand shahrida bo'lib o'tdi.
    Tanlovga taqdim qilingan resurslar g'oyaning yangiligi, dolzarbligi, qamrovi, universalligi, tarbiyaviy ahamiyati, tatbiq etish uchun tayyorgarlik darajasi va amaldagi dasturlar mazmuniga mosligi, interfeysning qulayligi va sifati, elektron resursning bexatolik darajasi, kompyuter imkoniyati doirasida sinab ko'rilganligi kabi mezonlar bo'yicha baholandi.
    Ko'rik-tanlov ikki yo'nalishda: “Umumta'lim muassasalari o'qituvchilari tomonidan yaratilgan eng yaxshi elektron axborot-ta'lim resursi” va “Umumta'lim muassasalari o'quvchilari tomonidan yaratilgan eng yaxshi elektron axborot-ta'lim resursi” nominatsiyalari bo'yicha tashkil qilindi.
    O`qituvchilar yo`nalishi bo`yicha 1-o'rinni Toshkent viloyati, Ohangaron tumani 29-maktab o'qituvchisi – Eldor Alimov, 2-o'rinni Navoiy viloyati Zarafshon shahar, 1-ixtisoslashtirilgan davlat umumta`lim maktab o'qituvchisi – Yuriy Shixaleev, 3-o'rinni Samarqand viloyati Samarqand shahar 11-umumta`lim maktab o'qituvchisi Zilola Rustamovalar qo'lga kiritishdi.
    O'quvchilar yo`nalishi bo`yicha 1-o'rinni Toshkent shahar, Hamza tumani, 307-umumta'lim maktabi 9A-sinf o'quvchilari – Jasur Tulyaganov va Damir Azievga, 2-o'rinni Farg'ona viloyati Toshloq tumani 35-umumta`lim maktab o`quvchisi 9-sinf o'quvchisi – Nuriddin Mo'sajonov, 3-o'rinni Xorazm viloyati Qo'shqo'pir tumani 1-IMIning 8-sinf o'quvchisi Og'abek Salaevlar qo'lga kiritishdi.
   Boshqa ishtirokchilar ham 1-,2-,3-darajali diplom va qimmatbaho estalik sovg`alari bilan taqdirlandi. Shuningdek, ko`rik-tanlovi g`oliblari bajargan ishlari respublika miqyosida ommalashtirish maqsadida Informatika ilmiy-metodik Kengashiga tavsiya etildi. 
Manba:
Kiritilgan vaqt: 27.06.2014
Xato ko‘rsangiz belgilang va Ctrl+Enter ni bosing.